
05.07.2023
Buloqboshi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Yuksak Orzu Baraka” MChJ Buloqboshi tuman filialining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Buloqboshi tumanida 37 ta MFY mavjud bo'lib, ularning 29 tasi “Yuksak Orzu Baraka” MChJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 2 879 002 000 so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.