Telegram-bot Virtual qabulxona

08.08.2023

Ichimlik suvi bo`yicha asossiz qarzdorlikka barham berildi

Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat bilan Kosonsoy tuman “Xurriyat” MFYda yashovchi fuqaro M.X. amaliy yordam so`ragan. Murojaatga ko`ra, fuqaro xonadonidagi suv hisoblagich ko‘rsatkichi bo‘yicha to‘lovni o`z vaqtida amalga oshirib kelganligiga qaramay, qarzdorlik chiqqan. Shu boisdan qayta hisob-kitob qilish bo‘yicha amaliy yordam so‘ragan.  

Murojaatga asosan Kosonsoy tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish o‘tkazildi va 2023-yil 7-avgust holatiga qayta hisob-kitob o‘tkazildi. Natijada fuqaroning 177.000 so‘m haqdor ekanligi aniqlanib billing dasturiga kiritilishi taʼminlandi. Yana bir asossiz qarzdorlikka barham berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00