18.05.2023
Andijon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Asaka tumani "Uchtosh" MFY da yashovchi fuqaro Sh.I. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro sotib olgan "Lacetti" rusumli avtomobilning yon qismi bo'yoqlari kafolat muddati davrida ko'chib tushgan.
Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari o'tkazilib, murojaatchining avtomobili Andijon "Avtotexxizmat" tomonidan 450 000 so’mlik xizmat evaziga bepul ta'mirlab berildi.