18.05.2023
Namangan va Samarqand viloyatlarining shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga viloyat aholisidan “Toza hudud” DUK, “Namangan musaffo iqlim”, “Orif nurli kelajak”, “Chashmai safed-gaz”, “Shohimardon Asqarov” OK va “Anvarjon Biznes Invest” MCHJlarning 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha sifatli xizmat ko‘rsatmagani to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan.
Namangan viloyatining Namangan shahri, Mingbuloq, Kosonsoy, Davlatobod, Namangan, Norin, Pop, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlari, shuningdek, Samarqand viloyatining Urgut, Payariq, Ishtixon va Kattaqo'rg'on tumanlaridagi jami 589 ta mahalla yuqorida keltirilgan MCHJlar bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilg‘i quyish bo‘yicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo‘nalishi bo‘yicha MFYlarga to‘liq xizmat ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Toza hudud” DUK, “Namangan musaffo iqlim”, “Orif nurli kelajak”, “Chashmai safed-gaz”, “Shohimardon Asqarov” OK va “Anvarjon Biznes Invest” MCHJlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib ketish bo‘yicha to‘liq xizmatlar ko‘rsatilmagan davrlar uchun jami 6 milliard 178 million 951 ming 900 so‘m to‘lovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.