Telegram-bot Virtual qabulxona

14.09.2021

ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaro M.Boʻriyevning Sariosiyo tuman prokuraturasiga qilgan murojaati Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar jamiyati hodimlari tomonidan oʻrganildi.
Murojaatda qayd etilishicha fuqaro, 2021-yil 14-aprel kuni Sariosiyo tuman markazida joylashgan “Furqat Omad-avia” MCHJga qarashli aviakassadan Termez-Sankt Peterburg aviayoʻnalishi boʻyicha 2.150.000 (ikki million bir yuz ellik ming) soʻm evaziga bir dona aviabilet sotib olganligi, uchish vaqti pandemiya kuchaytirilgan paytga toʻgʻri kelgani sababli uchib ketolmagani, aviachipta uchun toʻlangan pullarni qaytarib olish uchun esa bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada qaytarib ololmaganini aytib oʻtgan. Murojaat oʻrganilishi natijasida esa, chipta uchun toʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.
Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro M.Nurmamatova Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yozma murojaat qildi.
Unda qayd etilishicha, isteʼmolchi Qarshi shahar markazida joylashgan “Farxod” savdo majmuasidan 790.000 soʻm evaziga suv nasosini sotib olganligi, biroq, nasos sifatsiz chiqqani, sotuvchiga bir necha marotaba bogʻlanib vaziyatni tushuntirgan boʻlsada, hch qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganiilshi natijasida, suv nasos boshqa sifatli yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Qarshi shahri Gulobod  koʻchasi  40-uyda  yashovchi fuqaro Gʻ.Javxarov tomonidan kelgan murojaatda isteʼmolchi, Qarshi shahri “Farxod” savdo majmuasida faoliyat olib borayotgan “Chudesa sveta” savdo doʻkonidan 422.000 soʻm evaziga sotib olgan  ARN apparati nosoz chiqqanligi, sotuvchiga bu borada koʻp marta murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini ayib oʻtgan. Mazkur murojaat rganilishi natijasida mahsulot utoʻlangan mablagʻ isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00