
23.11.2023
Pop tumani "Toʻda" MFYda yashovchi fuqaro A.G. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Pop shahrida joylashgan savdo doʻkonlarning biridan 1 080 000 soʻmga "Infinix 6" rusumli telefon xarid qilgan. Ammo ushbu mobil qurilma yaxshi ishlamaganligi sababli, savdo doʻkoni xodimlaridan nosoz telefonni sifatlisiga almashtirib berishlarini soʻragan. Doʻkon sotuvchisi esa isteʼmolchi talablarini bajarmagan.
Ushbu holat boʻyicha jamiyat mutaxassislari tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada, telefon qurilmasi "UzIMEI" roʻyxatidan oʻtkazilmagani aniqlanib, isteʼmolchi muammosi ijobiy hal etildi.