04.06.2024
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Mingbuloq tuman ijro etuvchi apparatiga tumanda yashovchi aholi (isteʼmolchilar) dan suv ta'minoti sohasida juda koʻplab murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarda bayon etilishicha, isteʼmolchilar “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan asossiz qarzdorliklar hisoblanilayotganidan norozi boʻlgan va vaziyatga oydinlik kiritishda jamiyatdan amaliy yordam so'ragan.
Holat tuman jamiyati xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi. Aniqlanishicha, yaqin yillargacha tuman aholisiga "Qishloq ichimlik suvi" tashkiloti tomonidan xizmat ko'rsatilgan. Iste'molchilar amalga oshirgan to'lovlar esa tashkilot tomonidan "Billing" dasturiga kiritilmagan va buning natijasida, eski noreal qarzdorliklar saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda aholiga “Namangan suv taʼminoti” MCHJ Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Jamiyat mutaxassislari sa'y-harakatlari bilan ushbu MChJ bilan hamkorlikda tumandagi 37 ta MFY dagi jami 8 768 nafar isteʼmolchilarning 7 722 171 903 (yetti milliard yetti yuz yigirma ikki million bir yuz yetmish bir ming toʻqqiz yuz uch) soʻm miqdoridagi eski mavjud noreal qarzdorliklari meʼyoriy hujjatlar asosida "Billing" dasturidan chiqarilishiga erishildi va isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilib berildi.