
14.04.2023
Uychi tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Toza Hudud” DUK Uychi tuman filialining 2023- yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.
Uychi tumanida 56 ta MFY mavjud boʻlib, ulardan 32 tasi “Toza Hudud” DUK bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.
Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan toʻliq va sifatli xizmatlar koʻrsatilmagani sababli, 2023-yil yanvar va fevral oylari uchun jami 92 020 ta aholi tomonidan har bir oy uchun toʻlanadigan 205 000 000 soʻmdan (ikki yuz besh million) jami 410 000 000 ( to`rt yuz o`n million ) so`m miqdoridagi toʻlovlarni undirish bekor qilindi.