Telegram-bot Virtual qabulxona

14.06.2023

1 million 800 ming so'mlik sifatsiz shinalar yangisiga almashtirildi

Chortoq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Beshkapa" mahallasida yashovchi fuqaro A.J. murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro 2022-yil 11-noyabrda Chortoq tumani markazida joylashgan savdo doʻkonidan qiymati 1 million 800 ming so'm bo'lgan 4 ta shina sotib olgan. Ammo oradan 6 oy oʻtmasdan, shinalar sifatsizligi tufayli yemirilib ketgan.

Holat bo'yicha jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borilib, sifatsiz shinalar yangisiga almashtirib berildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00