30.01.2024
Qarshi tumani "Doʼstlik" mahallasida yashovchi fuqaro L.O. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Qarshi shahridagi “Korzinka” savdo majmuasidan muddatli toʼlov asosida “IPhone” rusumli telefonni 7 million 162 ming soʼm, 2 dona “Samsung” rusumli telefonni esa 3 million 80 ming soʼm, jami 10 million 242 ming soʼmga sotib olgan, biroq keyinchalik ushbu telefonlar qimmat narxlarda sotilganligi maʼlum boʼlgach, norozi boʼlib murojaat etgan.
Mazkur murojaatni oʼrganish jarayonida, sotuvchiga Oʼzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida”gi Qonunning 6-moddasi talablariga muvofiq, isteʼmolchiga sotilayotgan tovarning narxi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishi shart ekanligi, biroq xaridorga bunday maʼlumotlar berilmaganligi tushuntirildi. Natijada, qimmat narxlarda sotilgan telefonlar sotuvchiga qaytarilib, muddatli toʼlov bo'yicha shartnoma bekor qilindi.