
21.06.2023
Angor tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Termiz tumani "Uchqizil" MFY da yashovchi fuqaro M.N. tomonidan murojat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro shu yilning 9-iyun kuni Angor tijorat bozorida joylashgan do’konlarning biridan 280 000 so’mga oyoq kiyim sotib olgan. Ammo uyiga ketar chog’ida oyoq kiyimda nuqson borligini sezib qolgan. So'ng, savdo do'koniga qaytarib olib borganida sotuvchi pullar qaytarilmasligini aytib, qo’pol muomalada bo’lgan.
Jamiyat xodimlari do’konga borib, mazkur holatni o’rganishdi. Do’kon sotuvchisiga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borilib, iste’molchi foidasiga 280 ming so’m undirib berildi.