Telegram-bot Virtual qabulxona

19.10.2023

To‘y o‘tkazish uchun oldindan to‘langan 200 AQSh dollari to‘liq qaytarildi

O‘zbek xalqining eng katta orzu-havaslaridan biri to‘y hisoblanadi. Ushbu marosimlarni o‘tkazish uchun zaruriy xizmatlardan biri to‘yxona buyurtma qilish. Xo'sh, bu borada ham iste’molchilarning huquqlari buzilishi mumkinmi?

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro B.H. joriy yilning 9-oktyabr kuni 21-noyabrda to‘y o‘tkazish maqsadida "Z Xall" restoraniga 200 AQSH dollari miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirgan. Ammo majmuaning narxi qimmatlik qilgani bois, keyingi kun to‘lovni qaytarib olish uchun borgan. Iste’molchiga rad javobi berilib, to‘langan pul mablag'i qaytarilmagan.

Fuqaro amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilgach, Buxoro shahar jamiyati xodimlari o‘rganish olib borishdi. Natijada, bazmgoh ma’muriyatiga qonuniy tushuntirishlar berilib, iste’molchiga to‘lov to‘liq qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00