Telegram-bot Virtual qabulxona

14.05.2024

Onlayn savdo do'koni va iste'molchi o'rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilindi

Maishiy texnika va mobil qurilmalarni xarid qilishda ko‘pgina iste’molchilar muddatli to‘lovni afzal ko‘rishadi. Iqtisodiy jihatdan anchayin qulay, lekin ushbu xaridda nosozlik kuzatilsa, iste’molchi qanday yo‘l tutadi.

Olot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.I. “As-Saxiy” onlayn savdo do‘konidan "Redmi 13" smartfonini muddatli to‘lov asosida 6 516 000 so‘m evaziga xarid qilgan. Smartfondan foydalanish mobaynida qator nosozliklarni payqagan zahoti bu bo‘yicha do‘kon mas’ullarini xabardor qilgan. Ijobiy natija kuzatilmagach, amaliy yordam so‘rab, Olot tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qoldirgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o‘rganilishi mobaynida, qurilmadagi nosozliklar iste’molchi ta’siri tufayli yuzaga kelmaganligi aniqlandi. Savdo xodimlariga qonuniy tushuntirishlar berilgach, nosoz smartfon do‘konga qaytarilib, iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinishi natijasida, boshlang‘ich 550 000 so‘m to‘lov iste’molchiga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00