05.04.2023
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani "Buloqboshi" mahallasida yashovchi A. A. federatsiyasining Telegram boti orqali murojaat yoʻllagan.
Unda bayon etilishicha, fuqaro Ishtixon tumanidagi tadbirkordan jami 36 300 000 soʻmga qurilish uchun moʻljallangan yogʻoch mahsulotlarini xarid qilgan. Manzilga yetib borgach esa, tadbirkorning kelishilgan o'lchamda bo'lmagan, boshqa arzon yogʻochlar berib yuborgani ma'lum bo'lgan. Fuqaro darhol sotuvchi bilan telefon orqali bogʻlanib, holat yuzasidan e'tiroz bildirgan, ammo sotuvchi har xil bahonalarni roʻkach qilib, fuqaroni eshitishni ham istamagan.
Murojaat Ishtixon tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va u xarid qilgan 36 300 000 soʻmlik yoʻgʻochlar kelishilgan o'lchamdagisiga almashtirib berildi.