09.09.2021
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “1091” ishonch telefoni orqali maishiy tehnika vositlarining nosozligi bilan bogʻliq koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Hususan, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi fuqaro tomonidan kelgan murojaatda qayd etilishicha, isteʼmolchi shahar markazida joylashgan “Chorsu” savdo markazidan 1.000.000 soʻm evaziga sotib olgani, oradan bir oy vaqt oʻtmasdan uyali aloqa telefoni nosoz ahvolga kelib qolgani, bu borada sotuvchiga bir necha marotaba murojaat qilgan boʻlsada, hech qanday oʻzgarish boʻlmaganini aytib oʻtgan. Ushbu murojaat oʻrganilishi natijasida uyali aloqa telefoni uchun toʻlangan 1.000.000 soʻm mablagʻ isteʼmolchga qaytarilishiga erishildi.