Telegram-bot Virtual qabulxona

03.03.2025

Sud orqali 222 million so'm pul mablag'i iste'molchi foydasiga undirildi

Buxoro shahrida yashovchi fuqaro R.Z. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga buzilgan huquqini tiklash uchun murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, 2019-yil 11-dekabrda fuqaro R.Z. va "M.Q.D." MCHJ o'rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, unga asosan, fuqaro sarmoyachi sifatida "Yirik Savdo Markazi" qurilishiga investitsiya kiritishi, MCHJ esa mazkur savdo markazini o'z vaqtida qurib bitkazib, sarmoyachiga 14 kv. metrdan iborat do'konni topshirishi belgilangan. Fuqaro shartnoma shartiga ko'ra, 182 000 000 so’mni MCHJ bank hisobraqamiga o'tkazgan bo'lsa-da, MCHJ o'z majburiyatlarini bajarmay, hozirgi kunga qadar do'konni murojaatchiga topshirmagan. 

Buxoro shahar jamiyat mutaxassisslari tomonidan FIB Buxoro tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qaroriga ko'ra da'vo talabi qanoatlantirilgan. Da’vogar R.Z. manfaatiga 182 000 000 so’m asosiy qarz, 30 000 000 so'm penya, 10 000 000 so’m ma’naviy zarar va pochta xarajati jami 222 037 500 so'm undirib berish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarilib, muammo ijobiy hal qilinishiga erishildi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00