Telegram-bot Virtual qabulxona

17.03.2022

Samimiy tabrik

Consumers International prezidenti: “Adolatli raqamli moliya” shiori zarur va bugungi kun talabiga mos

Jahon isteʼmolchilar tashkiloti (Consumers International) prezidenti doktor, Marimutu Nadason janoblari Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqovga 15-mart – Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kuni munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

“Janob J. Sarimsoqov, sizni va federatsiya jamoasini ushbu kun munosabati bilan tabriklayman.

Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kunini Jahon isteʼmolchilar tashkilotiga aʼzo tashkilotlarning aksariyati muvaffaqiyat bilan nishonladi va ular Jahon isteʼmolchilar tashkiloti uyushtirgan vebinarlar turkumida ishtirok etdi. Men Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham mintaqangizdagi isteʼmolchilar va isteʼmolchilar tashkilotlari imkoniyatlarini ragʻbatlantirish va kengaytirishga bagʻishlangan tadbirni muvaffaqiyatli oʻtkazganiga ishonchim komil. Xalqaro isteʼmolchilar huquqlari kunining bu yilgi “Adolatli raqamli moliya” shiori zarur va bugungi kun talabiga mos”, deyiladi janob M. Nadason tabrigida.

Qayd etish joizki, M. Nadason janoblari 2020-yil 15-18-yanvar kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi uyushtirgan Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari isteʼmolchilari forumida qatnashgan, 2021-yil 23-25-noyabr kunlari Xiva shahrida boʻlib oʻtgan “Turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha “Sayyoh-2021” xalqaro forumiga videoqutlov yoʻllagan edi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00