
01.11.2021
Rishton tumani “Uzun koʻcha” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi I.Sultonov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining PotrebitelUz_bot telegram boti orqali murojaat yoʻllagan.
Murojaatda keltirilishicha, u 2020-yil dekabr oyida “Zohidon yigitlari” MCHJga qarashli savdo doʻkonidan “Quvasoy shifer zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan 200 dona shifer xarid qilib olib qoʻygan. Shu yilning avgust oyida xonadoni tom qismiga yopilgan shiferlardan 50 tasi oradan bir necha kun oʻtib yorilib ketgan.
Murojaat Rishton tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilishi jarayonida shifer ishlab chiqaruvchi korxona rahbariyati nomiga ham soʻrov xati yuborilib, unda oʻrganish ishlarida korxonadan bir nafar malakali mutaxassis ishtirok etishi soʻraldi.
Oʻrganish davomida esa mazkur mutaxassis ishtirokida isteʼmolchi xonadonidagi yorilgan shiferlar boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtirildi va oʻrganuv kunining ertasiga isteʼmolchiga nuqsonli shiferlar oʻrniga yangi, sifatli 50 dona shifer yetkazib berildi. Natijada isteʼmolchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan 2 mln. soʻmlik moddiy zararning oldi olindi.