
27.03.2024
2024-yil 11-mart sanasida fuqaro M.A. tomonidan Toshkent shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat kelib tushgan.
Murojaatda iste’molchi Mirobod tumanida joylashgan “Urbains” oʻquv markazi bilan 8-yanvar sanasida oʻqish uchun shartnoma tuzganligi, ammo oilaviy sabablarga koʻra shartnomani bekor qilish uchun ariza yuborganligiga qaramasdan, oʻquv markazi tomonidan shartnoma bekor qilinmay, iste’molchining plastik kartasidan mablagʻ yechib olinayotganligidan noroziligini bildirgan.
Murojaat tegishliligi yuzasidan Toshkent shahar hududiy birlashmasi Mirobod tuman jamiyatiga yuborildi. Jamiyat tomonidan iste’molchi murojaati bevosita oʻrganildi. “Urbains” oʻquv markazi rahbariyati bilan bogʻlanilib, holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, iste’molchi sarflagan 8 763 000 soʻm miqdordagi summa iste’molchiga qaytarildi.