
01.08.2024
Andijon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Oyjamol" MFY da yashovchi fuqaro O.O.dan yozma murojaat kelib tushgan.
Unda aytilishicha, iste’molchi elektr energiyasi iste’moli uchun to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelgan bo'lsa-da, tuman elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 3 948 168 so'm noreal qarzdorlik hisoblangan.
Ushbu holat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, iste'molchining hech qanday qarzdorligi mavjud emasligi, aksincha, 9900 so'm haqdorligi ma'lum bo'ldi.