
13.02.2025
Chortoq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga navbatdagi murojaat kelib tushdi.
Unda bayon etishicha, Chortoq tumani "Dildosh" MFYda istiqomat qiluvchi J.D. shartnoma asosida maktablarga non mahsulotini yetkazib beradi. Bir maktabga jami 9 837 000 soʻmlik non mahsulotini yetkazib bergan, lekin shartnomadagi summani vaqtida ola olmagan. Shundan soʻng, muammosiga ijobiy yechim topish maqsadida murojaat qoldirgan.
Chortoq tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan holat oʻrganilib, isteʼmolchining pullari to'liq olib berilishga erishildi.