
18.05.2023
Chust tumani "Birlik" MFY da yashovchi fuqaro N.I. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.
Unda qayd etilishicha, iste’molchi to'lovlarni vaqtida amalga oshirgan bo'lishiga qaramay, unga nisbatan "Namangan suv ta’minoti" Chust tuman bo'limi tomonidan 190 ming so'm miqdorda suv iste’moli uchun qarzdorlik hisoblangan.
Jamiyat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borilgani natijasida, qarzdorlik asossiz bo'lib chiqdi. Ma’sullar ishtirokida bo'limning kompyuter "Billing" dasturiga tuzatishlar kiritish yo'li bilan noreal qarzdorlik bekor qilinishiga erishildi.