Telegram-bot Virtual qabulxona

01.03.2024

Sugʻurta kompaniyasidan 6 million so'mdan ortiq pul mablag'i undirildi

Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali fuqaro N.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, yuz bergan YTH sababli, sugʻurta kompaniyasi tomonidan fuqaroga toʻlab berilishi kerak boʻlgan summa ariza topshirilgan sanadan 1 oy oʻtib ham berilmagan.

Murojaat Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan toʻliq tartibda oʻrganildi va “My ensurance” sugʻurta kompaniyasi xodimlariga holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar natijasida, murojaatchiga YTH natijasida koʻrilgan zarar uchun sugʻurta kompaniyasidan 6 291 608 soʻm miqdordagi pul mablag'i undirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00