Telegram-bot Virtual qabulxona

12.04.2023

176 million pul mablag'i iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Namangan tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MChJ Namangan tumani filialining oʻtgan yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Namangan tumanida 53 ta MFY mavjud boʻlib, ulardan 26 tasi “Namangan Musaffo iqlim“ MChJ bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov boʻyicha MFY larga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, MChJ tomonidan toʻliq va sifatli xizmatlar koʻrsatilmagani sababli, 2023-yil yanvar oyi uchun jami 70 400 ta aholi tomonidan toʻlanadigan 176 000 000 soʻm miqdoridagi toʻlovlarni undirish bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00