Telegram-bot Virtual qabulxona

20.02.2024

1 yarim million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Navoiy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro D.V.ning 1091 ishonch raqami orqali qoldirgan murojaati o‘rganildi.

Unda keltirilishicha, fuqaro Navoiy shahridagi do‘kondan 1 450 000 so'mga televizor xarid qilgan, lekin ko‘p o‘tmay, unda nosozliklar kuzatilgan. Shuningdek, televizorning ovoz paneli yaxshi ishlamasligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro tadbirkordan televizorni almashtirib berishini yoki pullari qaytarilishini so‘ragan, ammo u sotilgan tovar qaytarib olinmasligini aytib, iste'molchining qonuniy talabini bajarmagan.

Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan mazkur murojaat o‘rganilgach, televizorda haqiqatan ham murojaatda keltirilgan nuqsonlar mavjudligi aniqlandi. Shundan so‘ng, tadbirkorga «Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun talablari tushuntirilgach, tadbirkor tomonidan iste'molchining pullari qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00