
01.07.2024
Fargʻona viloyat Buvayda tumanida yashovchi fuqaro А.K. Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yashil dehqon bozori” hududida joylashgan doʻkondan “LG” rusumli muzlatgichni 3 800 000 soʻmga sotib olgan. Аmmo koʻp vaqt oʻtmay, muzlatgichning yaxshi sovutmasligi maʼlum boʻlgach, isteʼmolchi bir necha marotaba tadbirkorga mahsulot pulini qaytarib berishni soʻrab murojaat qilgan. Tadbirkor esa turli bahonalar bilan rad javobini bergan. Bundan norozi boʻlgan fuqaro Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 raqamli ishonch telefoniga murojaat qiladi.
Mazkur murojaat boʻyicha Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganish oʻtkazilib, savdo doʻkoni sotuvchisiga amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada, sifatsiz muzlatgich savdo doʻkoniga topshirilib, toʻlangan 3 million 800 ming soʻm pul mablagʻi isteʼmolchiga toʻliq qaytarib berildi.