Telegram-bot Virtual qabulxona

18.11.2024

9 yarim million so'mlik nosoz mebel bepul ta'mirlanib berildi

Iste'molchi G.U. Nukus shahrida joylashgan mebel markazidan qiymati 9 500 000 so'm bo'lgan mebel xarid qilgan. Ammo mebel iste'molchi xonadoniga yetkazilayotganda unga shikast yetgan. So'ng, fuqaro ushbu masala yuzasidan mebel markazi sotuvchilariga murojaat qilib, muoammo bartaraf etilishida amaliy yordam so'ragan. Sotuvchilar esa turli bahonalarni ro'kach qilib, ishni orqaga suravergan.

Xo'jayli tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan murojaat o'rganilib, iste'molchi huquqlarini himoya qilish nizom bandlari bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi va mebel bepul ta'mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00