16.02.2023
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tuman elektr ta’minoti idorasi mas’ullari bilan o‘rganuvlar olib borilganda, xonadonga o‘rnatilgan yangi, zamonaviy rusumdagi hisoblagich ayrim texnik nosozliklar tufayli PK «Elektrhisob» dasturidan chiqib ketganligi ma’lum bo‘ldi. Bu esa iste’molchi xonadonining avtomatik tarzda tarmoqdan uzib qo‘yilishiga olib kelgan.
O‘rganish ishlari doirasida yuzaga kelgan texnik nosozliklar bartaraf qilindi va iste’molchi hisoblagichi qaytadan PK «Elektrhisob» dasturiga kiritilib, xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlandi.