Telegram-bot Virtual qabulxona

17.05.2023

Nosoz nasos puli iste'molchiga qaytarildi

Uzun tumani "Guliston" mahallasida yashovchi fuqaro M.O. tomonidan tuman isteʻmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro tuman markazida joylashgan maishiy texnika savdo do`konidan 870 000 so'mga suv nasosi sotib olgan. Ammo nasos kafolat muddati tugamasdan ishlamay qolgan. Do'kon sotuvchisi esa nosoz tovarni almashtirib berishdan yoki u uchun to'langan pulni qaytarishdan bosh tortgan.

Do`kon mamuriyatiga jamiyat mutaxassislari tomonidan kerakli tushuntirishlar berilgandan so'ng, suv nasosi uchun to'langan 870 000 so'm pul mablag'i murojaatchiga to'liq qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00