Telegram-bot Virtual qabulxona

24.08.2023

Ikki eshik orasidagi muammo bartaraf etildi

Xonadon shinamligini ta’minlaydigan vositalardan eng asosiysi eshik sanaladi. Temir qoplamali, yog‘ochli va plastik eshiklarning bugun mingdan ortiq turi, ishlab chiqaruvchilari mavjud. Eshik sifatli chiqsa oshig‘i olchi, sifatsiz chiqsa qanday yo‘l tutish kerak.

Iste’molchi S.M ham eshik xarid qilish maqsadida Top-Door eshik-romlar savdo do‘koniga tashrif buyurgan. O‘ziga ma’qul kelgan ikkita eshikni tanlagan va 4 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Eshiklar o‘rnatilgach qator nosozliklar yuzaga kela boshlagan.

Tadbirkor bilan murosaga kela olmagach, amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan. Buxoro shahar jamiyati xodimlari hamda iste’molchi ishtirokida murojaat qonuniy ko‘rib chiqilib, do‘kon mas’ullari tomonidan eshiklar tuzatilib, muammo zudlik bilan bartaraf etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00