Telegram-bot Virtual qabulxona

04.10.2023

Javobgarlardan 8 milliondan ziyod moddiy hamda ma'naviy zararlar undirildi

Хatirchi tumani "Damariq" MFYda yashovchi fuqoro L.R. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqoro uyini ta’mirlash maqsadida ustalar X.Kamolov va M.Xoliqovlar bilan kelishib, ularga ta’mirlash ishlari uchun 3 000 000 so’m, qurilish materiallari uchun 3 200 000 so’m bergan. Ta'mirlash ishlari tez kunda yakunlangan, ammo oradan bir kun o’tib, ta’mirlangan uy gul qog’ozlari va ganch bezaklari butunlay ko’chib tushgan. Iste'molchi esa o’shandan buyon sarson va ovvora. U mazkur muommo yuzasidan MFY ga ham, IIB ga ham bir necha bor murojaat qilgan, lekin hech qanday yechim topa olmagan.

Arizani o’rganib chiqgan tuman jamiyati mutaxassislari fuqoroning huquqini sud orqali himoya qilinishini lozim topdi. Yaqindagina bo’lib o’tgan fuqorolik ishlari bo’yicha Xatirchi tuman sud majlisida jamiyat kiritgan da’vo arizasi to’liq qanoatlantirilib, fuqoro L.R. foydasiga ustalar X.Kamolov va M.Xoliqovlardan 6 200 000 so’m moddiy zarar va 1 000 000 so’m ma’naviy zararni solidar tartibda undirish bo’yicha qaror qabul qilindi. Shuningdek, javobgarlardan davlat foydasiga 990 000 so’m davlat boji, fuqoro L.R.ga 33 000 so’m pochta xarajatlari uchun to’lagan pul mablag’lari undirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00