Telegram-bot Virtual qabulxona

29.11.2024

Qarzdorligi da'vo qilingan iste'molchi bir million so‘mdan ortiqroq summada haqdor bo‘lib chiqdi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi O.U.ning suv ta'minoti korxonasi katta miqdorda qarzdorligi mavjudligini ma'lum qilib, uni bartaraf qilishni talab qilayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatini o‘rganish doirasida O.U. tomonidan taqdim qilingan hujjatlar o‘rganib chiqildi, shuningdek, holatga qo‘shimcha aniqlik kiritish uchun "Farg‘ona suv ta'minoti" AJ Farg‘ona filialiga so‘rov xati ham kiritildi. O‘rganish yakunlari esa da'vo qilingan qarzdorlikning asossiz ekanligini, iste'molchida 1 284 061.74 so‘m oldindan to‘lov summasi mavjudligini ko‘rsatdi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00