
19.04.2023
Samarqand viloyati Bulungʻur tumani "Nurli yoʻl" MFY da yashovchi fuqaro B.F federatsiyaning Telegram boti orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro tuman hududidagi doʻkonlarning biridan 2 238 000 soʻmga "Redmi Not 11 E" rusumli telefon apparati xarid qilgan. Ammo telefon nosoz chiqqan va uni almashtirishda muammolar yuzaga kelgan.
Mazkur holat Bulungʻur tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, murojaatchining telefoni yangisiga almashtirib berildi.