
25.03.2025
Osiyo xalqlari orasida uylarga gilam yozish asrlar davomida oʼzgarmas urfga aylangan. Bugun yurtimizda ham qator doʼkonlardan ushbu gilamlarning turli naqshga ega turlarini istalgan hajmda va dizaynda xarid qilish mumkin.
Gʼijduvon tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.U. tuman markazidagi “21-asr” savdo doʼkonidan 1 950 000 soʼm evaziga gilam xarid qilgan. Buyurtma qilingan gilam uyga toʼshalgach, gilam hajmi ancha kichik ekani ma'lum bo'lgan. Bu boʼyicha tadbirkorga murojaat qilgan isteʼmolchi daʼvosi qanoatlantirilmagan. Shundan soʼng, fuqaro amaliy yordam soʼrab, Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali ogʼzaki murojaat qoldirgan.
Gʼijduvon tuman jamiyati xodimlari murojaat toʼlaqonli oʼrganildi. Mijoz buyurtmasi haqiqatan boshqa hajmdagi gilam ekanligi aniqlanib, shu kunning oʼzidayoq aytilgan hajmli gilam isteʼmolchiga yetkazib berildi.