
23.01.2025
Uychi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan yana bir murojaat ijobiy hal etildi.
Tumanning "Fayzobod" mahallasida yashovchi fuqaro S.X. dan kelgan murojaatda aytilishicha, u tumandagi savdo dokonidan 3 000 000 so‘mga motopila xarid qilgan, ammo mahsulot nuqsonli chiqqan. Amaldagi qonunchilik asosida tovar uchun to'lagan pullarini qaytarib olishda amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan to'liq o'rganilib, iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirilishiga erishildi, ya'ni nuqsonli tovar uchun to'langan 3 million so'm pul mablag'i egasiga qaytarildi.