Telegram-bot Virtual qabulxona

08.02.2022

19 MLN mablag' iste'molchiga qaytarildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 ishonch telefoni orqali Fargʻona viloyati Beshariq tumanida yashovchi fuqaro J.Tojiboyev tomonidan murojaat kelib tushdi.
Isteʼmolchi oʻz murojaatida tumanda faoliyat yuritayotgan “Akobir Uchqun MCHJ” korxonasiga xonadonida qurilgan yangi bino tom qismini yopish uchun tunuka tom qoplamasi mahsulotlariga buyurtma bergan. Shartnomaga asosan, xaridor “Akobir Uchqun”  MCHJ ga  20 000 000 (yigirma million) soʻm toʻlovni amalga oshirgan.
Mahsulot yetkazib berilgandan soʻng esa, uning sifatsiz ekani maʼlum boʻladi. Tadbirkorga bir necha marotaba mahsulotni sifatlisiga almashtirib beriishi soʻrab qilgan murojaati oʻzgarishsiz qolganini aytib oʻtgan.
Murojaat oʻrganilganda haqiqatdan ham mahsulot shartnomada koʻrsatilgan xom ashyo emas, balki sifatsiz mahsulot ekani maʼlum boʻldi. Oʻrganish yakunlari boʻyicha mahsulotning sifatli qismi chegirilishi natijasida 19 000 000 (oʻn toʻqqiz million) soʻm pul mablagʻini isteʼmolchiga qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00