Telegram-bot Virtual qabulxona

25.09.2024

Salkam 4 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Denov shahar “Quyoshli yurt” MFYda yashovchi fuqaro A.D. tomonidan Denov tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushadi.

Murojaatga ko‘ra, fuqaro Denov shahrida joylashgan tijorat bozoridagi savdo do‘konlarning biridan «LG» rusumli televizor sotib olgan, ammo televizorda texnik nosozlik mavjudligi maʼlum bo‘lgan. Fuqaro televizor uchun to‘lagan pulini qaytarib olmoqchi bo‘lganida do‘kon xodimlari turli xil bahonalarni ro‘kach qilib qaytarib bermagan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan holat to'liq o‘rganilb, do‘kon xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng, isteʼmolchiga 3 800 000 so‘m pul mablag‘i qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00