Telegram-bot Virtual qabulxona

18.02.2025

Nosoz kir yuvish mashinasi uchun to'langan salkam 6 million so'm murojaatchiga qaytarildi

Boysun tumani “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.R. tuman markazidagi “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan maishiy-texnika do‘konidan qiymati 5 700 000 so‘m bo‘lgan kir yuvish mashinasini xarid qiladi. Undan foydalanishni boshlaganida esa nuqson borligi aniqlanadi. So'ng, do‘kon xodimlari tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etiladi, ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay, kir yuvish mashinasi yana nosoz holga kelib qoladi. Ushbu holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi do'kon xodimlardan to‘lagan pulini qaytarib berishini yoki boshqa kir yuvish mashinasiga almashtirib berishini talab qiladi. Mas'ullar esa turli xil bahonalarni ro'kach qilib, ushbu talabdan bosh tortadi.

Holatni o‘rganib chiqqan tuman jamiyati xodimlari tomonlarga qonun yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordi va nosoz kir yuvish mashinasi uchun to‘langan pul mablag‘i iste’molchiga qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00