
15.08.2024
Boysun tumani “Hunarmandlar” mahallasida yashovchi fuqaro R.A. tuman markazida joylashgan maishiy-texnika savdo do‘konidan narxi 6 000 000 so‘m bo‘lgan «SHIVAKI» rusumli havo sovutgich xarid qiladi. Ammo ko'p o'tmasdan, unda nuqsonlar borligi maʼlum bo‘ladi. Isteʼmolchi do‘kon xodimlaridan nuqsonli mahsulotni sifatlisiga almashtirib berishni talab qilsa-da, hech qanday ijobiy natija bo'lmaydi.
Ushbu holat tuman jamiyati masʼullari tomonidan o'rganilib, tomonlarga amaldagi qonunning normalari tushuntirildi. Natijada, isteʼmolchi xarid qilgan havo sovutgich sifatlisiga almashtirib berildi.