Telegram-bot Virtual qabulxona

17.08.2023

Yana bir fuqaro murojaati o`rganildi

Gʻallaorollik iste’molchi N.M. Mustaqillik koʻchasida joylashgan “Ishonch” savdo majmuasidan 3 000 000 (uch million) soʻmlik skuter xarid qilgan. Oradan ikki oy vaqt oʻtib, mahsulotning quvvatlagich qismi sifatsiz oʻrnatilganligi sabab, skuter ishlamay qolgan. Xaridor doʻkonga borib, almashtirib berishlarini soʻraganda rad javobini oladi.

O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga ayni holat yuzasidan yordam so`rab murojaat qiladi. Mazkur murojaatga asosan jamiyat xodimlari tomonidan oʻrganish oʻtkazildi.

Yakunda jamiyat xodimlari aralashuvi bilan nosoz skuterga servis xizmati koʻrsatilib tamirlab berildi. Natijaga koʻra, iste’molchi Federatsiya xodimlari nomiga yozma ravishda oʻz minnatdorchiligini bildirdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00