Telegram-bot Virtual qabulxona

02.08.2023

Iste`molchi huquqlari qonun himoyasida

Sir emaski, hech birimiz sifatsiz buyumdan foydalanishni xoxlamaymiz. Ammo har doim ham xarid qilgan mahsulotimiz kutganimizdek talabga javob beravermaydi. Yashirib nima qildik, mahsulot sifatsizligidan kuyib qolgan paytlarimiz ham bo`lgan. Bunday holatda o`z haq-huquqini yaxshi bilgan xaridorgina mahsulotni sifatlisiga almashtirib berishlarini talab qiladi yoki tegishli idoralarga murojaat qiladi. Xuddi shunday mazmundagi murojaat bilan Zarafshon shahar 12-kichik tuman 18-uy 4-xonadonda yashovchi fuqaro M.Q. nomidan shahar iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ariza kelib tushdi.

Murojaatda fuqaro M.Q. “Mo‘jizalar maydonchasi”da joylashgan “Kredit bazar” savdo do‘konidan narxi 3.700.000 (uch million yetti yuz) ming so‘mlik chang yutgich sotib olganligi, ammo ushbu chang yutgichni birinchi marotaba ishlatishning o‘zidayoq motor qismida nosozliklar kelib chiqqanligidan noroziligini bildirib o‘tgan.

Mazkur murojaatga asosan, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan holat o‘rganib chiqildi. “Kredit bazar” savdo do‘koni xodimlari va rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi va fuqaroning chang yutgichi yangisiga almashtirib berildi. Yana bir murojaat o‘z yechimini topdi.       


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00