Telegram-bot Virtual qabulxona

08.11.2024

Kafolat muddati davrida nosoz chiqqan printer bepul ta'mirlatib berildi

Iste'molchi U.M. Qo'ng'irot tuman markazidagi savdo markazidan qiymatini bo‘lib to‘lash sharti bilan 3 600 000 so‘mga printer xarid qilgan. Ammo printer bir oz muddat ishlaganidan so‘ng nosoz holatga kelib qolgan. Iste'molchi nuqsonli mahsulotni sotuvchiga qaytarib, amalga oshirilgan toʻlovni qaytarib berishlarini talab qilgan. Sotuvchi esa tovardagi nuqsonlarni tan olmasdan, iste'molchining talabini rad etgan.

Ushbu masala yuzasidan fuqaro Qo'ng'irot tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi. Jamiyat xodimlari murojaatni joyiga chiqib o'rganib, sotuvchiga tushuntirish ishlari olib borishdi va nosoz printer bepul ta'mirlab berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00