Telegram-bot Virtual qabulxona

10.10.2023

Iste'molchi zimmasidan 3 yarim million so‘m asossiz qarzdorlik soqit qilindi

Farg‘ona shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning A.Navoiy ko‘chasida yashovchi X.N.ning elektr energiyasi to‘lovlarida yuzaga kelgan tushunmovchilikka oydinlik kiritib berilishida amaliy yordam ko‘sratilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatchining so‘zlariga ko‘ra, u iste'mol qilingan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni vaqtida to‘lab kelayotgan bo‘lsa-da, elektr ta'minoti korxonasi tomonidan 3 600 000 so‘m qarzdorlik yuzaga kelganligi va uni bartaraf qilish lozimligi ma'lum qilingan.

O‘tkazilgan o‘rganish ishlarida qarzdorlik elektr ta'minoti korxonasi mas'ullari tomonidan xonadonga hisoblagich o‘rnatilishi va keyinchalik ko‘rsatkichlarni bazaga kiritib borilishi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolik tufayli kelib chiqqanligi hamda qarzdorlik penyalari bilan qo‘shib hisoblanganda 3 549 000 so‘mni tashkil qilganligi ma'lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida yuzaga kelgan qarzdorlik asossiz deb topilib, uni iste'molchining majburiyatidan soqit qilish chora-tadbirlari ko‘rildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00