Telegram-bot Virtual qabulxona

13.05.2024

7 million so'mdan ortiq asossiz qarzdorlik sud orqali bekor qilindi

Xorazm viloyati Urganch tumani "Besh ayvon" mahallasida yashovchi fuqaro M.D. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro xonadoniga Urganch tuman gaz ta'minoti korxonasi tomonidan 7 200 000 so'm asossiz qarzdorlik hisoblangan.

Urganch tuman jamiyati tomonidan fuqaro manfaatini ko'zlab, holat bo'yicha sudga da'vo arizasi kiritildi. Sud da'vo arizasini qanoatlantirdi. Urganch tumanlararo sudining 2024-yil 8-maydagi hal qiluv qaroriga asosan, Urganch tuman gaz ta'minoti korxonasining iste'molchiga nisbatan tuzilgan 7,2 million so'm undirish to'g'risidagi dalolatnomani haqiqiy emas deb topdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00