
19.04.2024
Mebellar to‘plami ichida eng ommalashgan va ko‘p xarid qilinadigani oshxona mebellari hisoblanadi. Import tovarlaridan tortib mahalliy ishlab chiqaruvchilargacha ushbu mebellarni ichki bozorga olib kirishadi. Narx ikkilamchi, sifat birlamchi sanalgan oshxona mebellari bo‘yicha ham murojaat kelib tushdi.
Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.G. 7 500 000 so‘m evaziga oshxona mebelini Buxoro tumanida faoliyat yurituvchi mebel sexidan buyurtma qilgan. Ammo oradan hech qancha muddat o‘tmasdan, mebel nosoz holga kelib qolgan. Iste’molchi amaliy yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Buxoro tuman jamiyati xodimlari sa’y-harakatlari natijasida, murojaat qisqa muddatda ijobiy yechim topdi, ya’ni mebel qaytadan kapital ta’mirlanib, iste’molchiga taqdim etildi.