Telegram-bot Virtual qabulxona

01.11.2023

Iste'molchining 6 million so‘m pul mablag'i qaytarib berildi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi mutaxassislari Toshloq tumani "So‘kchilar" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi U.X.ning sotuvchiga qaytarilgan nuqsonli tovarning pulini qaytarib ola olmayotganligi xususida Federatsiyada tashkil etilgan 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatini o‘rgandilar.

Murojaatchi bayon qilishicha, u shu yilning iyul oyi o‘rtalarida "Ishonch" kredit savdo do‘konlari tarmog‘idan muddatli to‘lov shartnomasi asosida 6 670 982 so‘mlik konditsioner xarid qilib, 5 400 000 so‘m oldindan to‘lovni amalga oshirgan. Ammo konditsioner iste'molchining xonadoniga olib borib o‘rnatilganida ishlamagan. Shundan so'ng, boshqa mutaxassislar tomonidan ko‘rsatilgan pullik texnik xizmat ham natija bermagach, kondisioner avgust oyini boshlarida qaytarib olib ketilgan. Lekin o‘tgan vaqt davomida iste'molchining bank kartasidan oylik to‘lov summasi yechib borilgan. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, amalga oshirgan oldindan to‘lovi hamda plastik kartasidan shu kunga qadar yechilgan mablag‘larni qo‘shib hisoblanganda undan 6 100 000 so‘m atrofida mablag‘ olingan.
 
Hududiy birlashma mutaxassisi tomonidan holatga qo‘shimcha aniqlik kiritilgach, savdo do‘koni rahbari nomiga amaldagi qonunchilik talablari, ularning ijrosi ta'minlanmasligi oqibatida kelib chiquvchi huquqiy oqibatlar to‘g‘risida xat kiritilib, unda iste'molchi bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish hamda uning pul mablag‘larini qaytarish choralarining ko‘rilishi so‘ralgach, iste'molchining 6 098 704 so‘m pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00