Telegram-bot Virtual qabulxona

24.08.2023

Quvvatlagichi nosoz telefon qaytarildi

Qo‘l telefon xarid qilish chog‘ida qaysi sifatlariga e’tibor qaratasiz? Xotirasiga, dizayniga va quvvat iqtisod qilishiga. Agar siz xarid qilgan smartfon kun davomida quvvat saqlay olmasa, ya’niki quvvatlagich olib yurishga majbur qilsa unda siz noto‘g‘ri tanlovni amalga oshirgansiz.

Buxoro shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro D.K Kitoblar Olami savdo kompleksida joylashgan mobil aloqa vositalari savdo do‘konidan 5 750 000 so‘mga Samsung 21SF smartfonini xarid qilgan. Ammo shu kunning o‘zida qurilma quvvat saqlay olmasligi ma’lum bo‘lgan. Tadbirkorga murojaat qilish orqali biror ijobiy natija kuzatilmagan.

O‘zining iste’molchi sifatidagi huquqlarini yaxshi anglagan fuqaro amaliy yordam so‘rab Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch telefoni orqali og‘zaki murojaat qoldirgan. SHu kunning o‘zidayoq murojaat Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, tadbirkorga qonuniy tavsiyalar berilgach, iste’molchiga 5 750 000 so‘m to‘lov to‘liq qaytarib olib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00