
01.02.2024
Joriy yilning 19-yanvar kuni Zarafshon shahar 1-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.H. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat yo'llagan.
Unda keltirilishicha, fuqaro 14-yanvar kuni Zarafshon shahar "Bahor" ko'chasida joylashgan "Munis" savdo do‘konidan 4 million so'mga changyutgich sotib olgan, ammo unda keyinchalik turli kamchiliklar yuzaga kelgan.
Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. Savdo do'koni xodimlariga hamda rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g‘risidagi qonunning tegishli moddalari tushuntirib o'tildi. Shundan so'ng, fuqaroning murojaati ijobiiy hal etilib, changyutgich ishchi holatda topshirildi.