Telegram-bot Virtual qabulxona

01.08.2024

Nosoz telefon apparati bepul ta'mirlab berildi

Chust tumanida yashovchi fuqaro A.U. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram boti orqali murojaat qilgan.

Unga koʻra, fuqaro Chust tumanida joylashgan savdo doʻkonlarining biridan 5 800 000 soʻmga 2 dona telefon apparatini muddatli toʻlov asosida xarid qilgan. Biroq bir hafta oʻtib, telefonlardan biri texnik jihatdan yaxshi ishlamasligi ma'lum bo'lgan, sotuvchi esa nuqsonli tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan fuqaroning murojaati tegishli tartibda oʻrganilib, savdo doʻkoni sotuvchisiga amaldagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz telefon bepul ta'mirlab berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00