
12.03.2024
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani Kadirova koʻchasi 37-uyda yashovchi S.D. joriy yilning 1-fevral sanasida “Uzum market” ilovasi orqali "Ideal" rusumli gaz plitasiga buyurtma bergan va 2 700 000 (ikki million yetti yuz ming) soʻm toʻlovni amalga oshirgan. Ammo gaz plitasi iste’molchiga yetkazilganda uning pech qismi sifatsiz boʻlgan. Iste’molchi o'sha kunning oʻzidayoq, “Uzum market” xodimlaridan gaz plitasini almashtirib berishlarini talab qilgan, biroq hech qanday natija bo'lmagan.
So'ng, fuqaro Oʻzbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali ariza qoldirgan.
Holat tegishliligi bo'yicha Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan toʻliq tartibda oʻrganildi. “Uzum market” MCHJ bilan boʻgʻlanib, javob xati olindi. Yana bir iste'molchi muammosi hal etilib, nosoz mahsulot yangisiga almashtirib berildi.